Amerika kubogi. Braziliya ochilish uchrashuvida Boliviyani tor-mor etdi
San-Paulu shahridagi "Morumbi" stadionida kechgan ochilish bellashuvida musobaqa mezbonlari 3:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Gollarga Filippe Koutino (2 ta) va Evertonlar mualliflik qilishdi.
Shu tariqa, "pentakampeonlar" "A" guruhida 3 ochko bilan etakchilikni qo‘lga olishdi. Braziliyaliklar 19 iyun kuni o‘zlarining navbatdagi uchrashuvlarini o‘tkazishadi. Shu kuni ularga Venesueala raqiblik qiladi.
Amerika kubogi. "A" guruhi. 1-tur
Braziliya – Boliviya 3:0 (0:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 50, penalti Koutino, 2:0 – 53 Koutino, 3:0 – 85 Everton.
Braziliya – Alisson, Tiago Silva, Filipe Luis, Dani Alves, Markinos, Koutino, Kazemiro, Risharlison (Villian, 84), Fernandino, Neres (Everton, 81), Firmino (Gabriel Jezus, 65).
Boliviya – Lampe, Bexarano, Akin, Bexarano, Djuzino, Xustiniano, Saavedra (Vaka, 64), Chumasero, Kastro (Vaka, 75), Sausedo (Vayyar, 59), Moreno.
Ogohlantirishlar: Sausedo (20), Koutino (66).
Fikrlar