
Amerika kubogi. Messining goli ham Argentinaga g‘alaba keltirmadi
Bugun Amerika kubogi guruh bosqichining 1-turi doirasida Argentina va Chili terma jamoalari o‘zaro bahs olib bordi.
Qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy kechgan uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi. Shu kuni argentinaliklar safida Lionel Messi, chililiklar safida Eduardo Vargas gol muallifi bo‘ldi.
Argentina – Chili - 1:1 (1:0)
Gollar: Messi, 33 - 1:0, Vargas, 57 - 1:1
Argentina: Martines, Otamendi, Montiel (Molina, 85), Martines, Talyafiko, Lo Chelso (Di Mariya, 67), Paredes (Palasios, 68), de Paul, Gonsales (Korrea, 80), Messi, Martines (Aguero, 80).
Chili: Bravo, Mena, Medel (Roko, 84), Isla, Maripan, Pulgar, Vidal (Alarkon, 85), Vargas (Pinares, 77), Meneses (Galdames, 90), Palasios (Brirton, 77), Arangis.
Fikrlar