
Amerika kubogi. Qatar Paragvay bilan durang o‘ynadi, Urugvay esa Ekvador darvozasiga javobsiz 4ta gol urdi
Xabaringiz bor shu kunlarda Braziliyada Amerika kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Bugun guruh bosqichining ilk turidan o‘rin olgan yana 2ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Dastlab Paragvay va Qatar terma jamoalari o‘zaro maydonga tushishdi hamda 2:2 hisobida jangovor durang qayd etishdi.
Kunning ikkinchi uchrashuvida esa Urugvay Ekvadorni 4:0 hisobida engdi.
Paragvay – Qatar 2:2 (1:0, 1:2)
16 iyun, 00.00, «Marakana»
Gollar: 1:0 – 4, penalti Kardoso, 2:0 – 56 Gonsales, 2:1 – 68 Ali, 2:2 – 77 Xuxi.
Paragvay – Fernandes, Valdes, Balbuena, Alonso, Arsamendiya, Peres (Gonsales, 46), Ortis, Roxas (Sanches, 79), Almiron, Kardoso, Dominges (Iturbe, 83).
Qatar – Al-Sheb, Pedru Migel, Xassan, Al-Ravi, Salman, Xuxi, Xatem (Budiaf, 88), Madibo, Xalid, Ali, Afif.
Ogohlantirishlar: Madibo (11), Salman (26), Peres (40), Xassan (61), Xuxi (71), Balbuena (80).
***
Urugvay – Ekvador 4:0 (3:0, 1:0)
17 iyun, 03.00, «Mineyrao»
Gollar: 1:0 – 6 Lodeyro, 2:0 – 33 Kavani, 3:0 – 44 Suares, 4:0 – 78, avtogol Mina.
Urugvay – Muslera, Kaseres, Godin, Ximenes, Lodeyro (Torreyra, 75), Vesino (Valverde, 81), Laksalt, Nandes (Pereyro, 64), Bentankur, Suares, Kavani.
Ekvador – Dominges, Achiler, Mina, Kintero, Kaysedo, Valensiya, Mena (Velasko, 29), Presiado (Ibarra, 46), Orexuela, Intriago, Valensiya.
Ogohlantirishlar: Lodeyro (14), Ximenes (63).
Chetlatish: Kintero (24).
Fikrlar