
Amorim Antonining muvaffaqiyati nima bilan bog‘liq ekanini aytdi
Ruben Amorim Antonining Premer-liga va La Ligadagi o‘yini o‘rtasidagi farqni tushuntirib berdi.
"Manchester Yunayted" vingeri qishda "Betis"ga ijara asosida o‘tgandi. Ispaniyadagi 7 uchrashuvda u gol+pas tizimida 5 ochko (3+2) jamg‘argan.
"Angliyaning istalgan jamoasiga qarshi o‘ynasang, jismoniy tayyorgarlik muhim ahamiyatga ega. Agar siz jismonan kuchli bo‘lmasangiz, bu sizga katta qiyinchilik tug‘diradi.
Antoni hozir Ispaniyada ancha yaxshi o‘ynamoqda. Bu juda ko‘p omillarga bog‘liq. Biroq men sizga kafolat bera olaman, bu fitnesning samarasidir", - dedi "qizil iblislar" ustozi.
Fikrlar