Amorim: "Biz Maguayrdan mamnunmiz"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim Xarri Maguayr bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi.
"Biz Xarridan juda mamnunmiz. Ammo hozir bu haqida gapirishning vaqti emas, chunki bu uzoq kelajak haqida o‘ylayotgandek tassurot uyg‘otadi. Biz hozir bor e’tiborimizni keyingi o‘yinga qaratishimiz kerak", - deya Amorimning gaplarini keltirdi Jurnalist Fabritsio Romano.
Ma’lumot uchun, 32 yoshli himoyachi bilan amaldagi shartnoma mavsum ohirida o‘z yakuniga etadi. Avvalroq futbolchi MYuda qolishni istashini va buning uchun maoshini kamaytirishga ham tayyorligini aytgandi. Angliyalik fulbek 2019 yildan beri "qizil iblislar" safida harakat qilib kelmoqda.



Fikrlar