Amorim Fernandeshning yetakchiligi haqida gapirdi

  • 30.12.2025 01:17
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoa sardori Brunu Fernandesh bilan bogʻliq vaziyatga izoh berdi. Avvalroq portugaliyalik yarim himoyachi yumshoq toʻqimalardagi jarohat sabab taxminan bir oy maydonga tushmasligi mumkinligi maʼlum qilingan edi.

Tecno

"Brunu allaqachon mashgʻulotlarga chiqish kerakligini ayatyapti. Lekin biz hali aniq bilmaymiz. Uning "Vulverxempton"ga qarshi oʻyinda qatnashish ehtimoli yoʻq, umuman yoʻq. Shuni bemalol yozing.

U oʻynamayotganda jim turadigan inson emas. U doim gapiradi. Shu sababli ham u sardor. Baʼzan uning harakatlarida salbiy jihatlarni ham koʻramiz, masalan, qoʻl ishoralari. Ammo unda ijobiy tomonlar juda koʻp.

U har safar tiklanish jarayonida ham mashgʻulotlarga kelib, boshqalar qanday ishlayotganini kuzatadi. Demak, u siz koʻrmaydigan koʻp ishlarni qiladi. U doimo ajoyib yetakchi boʻlib kelgan.

U davolanyotgan paytda ham mashgʻulotlarga keladi. Bilmadim, balki u mening ishimi olishni istar (kuladi). Lekin u yetakchi. Bu futbolchi — haqiqiy yetakchi", — dedi Amorim.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!