
Amorim: "Juda bo‘sh o‘ynayapmiz"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim "Everton" bilan safarda qayd etilgan 2:2 hisobidagi durangdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. Uchrashuv davomida "qizil iblislar" ikki to‘p farqi bilan ortda borayotgan edi, biroq natijani tenglashtirishga muvaffaq bo‘lishdi.
"Biz uch ochkoni qo‘lga kiritib, g‘alaba qozonishimiz kerak edi. Eng yomoni shundaki, biz raqib bosimi yo‘q paytda ham to‘pni yo‘qotamiz va kerakli ishlarni bajarmaymiz. Juda bo‘sh o‘ynayapmiz.
Mashg‘ulotlarda ishlashda davom etishimiz shart. Hujum tashkil qilishni yaxshilashimiz lozim, bugun esa gol urishda muammolar bo‘ldi.
Barqarorlikka erishish uchun nima qilish kerak? Buni bilmayman. Agar bilsam, darhol o‘zgartirgan bo‘lardim. Har kuni maksimal darajada diqqatli bo‘lishimiz zarur. Avvalo, bu mavsumni qanday bo‘lmasin o‘tkazib olishimiz kerak, keyin esa kelajak haqida o‘ylash mumkin. Faqat salbiy tomonlarga e’tibor qaratishni istamayman, chunki ikkinchi bo‘limda g‘alabaga yaqin bo‘ldik", – dedi Amorim "TNT Sports" nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar