Amorim: "Men hali ham "Manchester Yunayted" uchun mos murabbiyman"

  • 22 may, 14:16
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" Evropa ligasi finalida "Tottenxem"ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Jamoa Angliya Premer-ligasida so‘nggi tur arafasida 16-o‘rinni egallab turibdi. Shunga qaramay, jamoa bosh murabbiyi Ruben Amorim o‘z lavozimiga ishonchini yo‘qotmagan:

Tecno

"Men hali ham ushbu klub uchun mos murabbiyman. Hatto, avvalgidan ham ko‘proq. Biz angliyalik jamoadan yutqazdik, buni yaxshi tushunaman. Keyinki mavsumda muxlislarning sabri qisqa bo‘lishini ham bilaman.

Ammo men taslim bo‘lmayman. Men ishonch bildiraman, chunki klubni bilaman, MYu murabbiyi bo‘lish nimani anglatishini tushunaman. Bu jamoaga nima kerakligini anglaganman va bu vazifani bajarish uchun etarli vositalarim bor" - deya ta’rif berib o‘tdi manchesterliklar mutaxassisi.

Ma’lumot o‘rnida, portugaliyalik mutaxassis qo‘l ostidagi "qizil iblislar" APLning so‘nggi turida "Aston Villa" bilan kuch sinashadi. Ushbu bellashuv 25 may kuni soat 20:00 da start olishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!