Amorim: "MYu uchun hamma narsaga tayyorman"

  • 16 noyabr, 2024, 17:17
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted"ning yangi bosh murabbiyi Ruben Amorim "qizil iblislar" futbolchilari ustidan o‘ta tanqidiy munosabat bildirilgan taqdirda ularni himoya qilishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.

Tecno

- Men jamoa uchun hamma narsaga tayyorman. Kerak bo‘lsa, o‘z futbolchilarimni himoya qilish uchun hammaga qarshi turaman. Bu men uchun eng muhim vazifalardan biri. G‘alaba qozonish uchun qo‘limdan kelganini qilaman, - dedi yangi murabbiy.

Ma’lumot uchun, portugaliyalik mutaxassis "Manchester Yunayted"ga kelguniga qadar "Sporting"ni boshqargan. Jamoa Amorim boshchiligida ikki marotaba Portugaliya chempionati va Portugaliya ligasi kubogini qo‘lga kiritdilar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!