Amorim MYuga "yangi Kroos"ni olib kelishni xohlayapti

  • 13 oktabr, 23:21
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim klub rahbariyatini "Liverpul" va "Real"ni ortda qoldirib, "Kristal Pelas"ning 21 yoshli yarim himoyachisi Adam Uortonga shartnoma taklif qilishga chaqirmoqda, deb xabar berdi Daily Star.

Tecno

Amorim futbolchini 2026 yilda shartnomasi yakunlanganidan keyin klubni tark etishi kutilayotgan Kazemiroga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

Uorton 2024 yilning qishida "Blekbern Rovers"dan 10 million evro evaziga "Kristal Pelas"ga o‘tgan edi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining ayni damdagi transfer narxi 45 mln evroni tashkil qilmoqda. Joriy mavsumda futbolchi klub safida barcha musobaqalarda to‘qqizta o‘yinda maydonga tushdi va gol urmadi.

Avvalroq, OAVda "Real Madrid"ning keyingi transfer maqsadlaridan biri aynan Adam Uorton ekanligi ko‘p marotaba ta’kidlangan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!