Amorim raqibga to‘rtta gol urgan “Yunayted”ning o‘yini yoqmadi

  • 1 dekabr, 2024, 21:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” Angliya Premer-ligasining 13-turida o‘z maydonida “Everton”ni qabul qilib, raqib darvozasiga to‘rtta kiritdi.

O‘yinda Markus Reshford va Joshua Zirkzee ikkitadan gol urib, manchesterliklarning g‘alabasini ta’minladi.

Yirik hisob qayd etilgan uchrashuvda “Manchester Yunayted” futbolchilari namoyish qilgan o‘yin bosh murabbiy Ruben Amorimga yoqmadi. Buni portugaliyalik mutaxassis uchrashuvdan keyin aytib o‘tdi.

- Natija yaxshi, lekin o‘yinimiz emas. Biz o‘z ishimizni qilib, g‘alaba qozondik, lekin yana nimalarnidir amalga oshirish kerakligini sezilib tupibdi.

Biz bellashuvni yaxshi boshlagan edik. Biroq “Eveorton” o‘yin nazoratini o‘z qo‘liga oldi. Shogirdlarim muhim pallada gol ura olgani o‘yin natijasini bizning foydamizga hal qaldi. Hisobga emas, o‘yin sifatiga qarab baho berish kerak. O‘sish uchun mashg‘ulotlar va yana ozgina vaqt zarur, - dedi Amorim.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!