"An-Nasr" APLdan to‘purar hujumchi sotib olmoqchi

  • 7 avgust, 16:50
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"An-Nasr" "Brentford" hujumchisi Yoan Vissani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Tecno

L’Équipe xabariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni klubi "Brentford" so‘ragan summani to‘lashga tayyor. Avvalroq 28 yoshli futbolchining narxi 50 million funtdan ko‘proqqa baholanayotgani xabar qilingandi.

Qayd etilishicha, bir necha hafta davomida "Nyukasl", "Tottenxem" va Saudiya Arabistonining "Neom" klublari londonliklar bilan kelishuvga erishish uchun aloqaga chiqqan. Biroq, "asalarilar"ning talablari hozircha juda yuqori hisoblanadi. Aniq summa oshkor etilmagan, biroq "An-Nasr" uni taklif qilishga tayyorligi aytilmoqda.

Endi saudiyaliklar kongolik futbolchini Krishtianu Ronaldu va uning jamoadoshlari safiga qo‘shilishga ko‘ndirmoqchi.

O‘tgan mavsumda Vissa APLda 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol bilan chempionat to‘purarlari qatoridan 6-o‘rinni band qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!