"An-Nasr" frantsuz futbolchi uchun kurashga qo‘shildi

  • 26 iyun, 2023, 01:06
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Seko Fofana faoliyatini Krishtianu Ronaldu bilan bir jamoada davom ettirishi mumkin. 

Jurnalist Rudi Galettining xabar berishicha, "An-Nasr" "Lans" yarim himoyachisi bilan muzokaralarni boshlagan. Futbolchi ularning qancha maosh to‘lashiga qiziqmoqda. Agar arab klubi katta summa taklif qilsa, shartnomaga rozi bo‘lishi kutilyapti. 

Ma’lum bo‘lishicha, 28 yoshli xavbekni Frantsiya klubi 35 million evroga baholamoqda. Unga "Milan" klubi ham qiziqish bildirmoqda. 



Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!