"An-Nasr" Germaniya chempionini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 9 avgust, 13:32
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning "Bavariya" klubi vingeri Kingsli Koman Krishtianu Ronaldu harakat qilayotgan Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubiga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda taniqli insayder Nikolo Skira ma’lum qildi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, 29 yoshli frantsuzga katta maosh to‘lanadigan uch yillik mehnat shartnomasi taklif qilingan. "An-Nasr"dagilarning fikricha, yuqori maosh Komanni klubga o‘tishga ko‘ndiradi.

Koman "Bavariya" safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarni qo‘shib hisoblaganda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, to‘qqiz marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi va oltita assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!