"An-Nasr" Ronalduning debyutida g‘alaba qozonib, peshqadamga aylandi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Saudiya Arabistoni chempionatining 14-turidan o‘rin olgan "An-Nasr" va "Al-Ittifoq" jamoalari o‘rtasidagi bahs yakunlandi. Mazkur bellashuvda maydon egalari minimal hisobda g‘alaba qozondi.

Uchrashuvdagi yagona golni Taliska o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi. Krishtianu Ronaldu ushbu o‘yinda debyut qilishga muvaffaq bo‘ldi. Masharipov esa zaxirada qoldirildi.

Ma’lumot uchun, 14-turdan keyin "An-Nasr" 33 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

jadvaaal_1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!