
"An-Nasr" yana bir "Manchester Yunayted" futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Saudiya Arabistonining bir qancha klublari "Manchester Yunayted" himoyachisi Rafael Varanni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda "Teamtalk" nashri xabar berdi.
Manbaning xabar berishicha, frantsiyalik himoyachini "An-Nasr" klubi sotib olishni rejalashtirmoqda. Jamoa uni Emerik Lyaport bilan juftlikda mudofaa chizig‘ida o‘ynatmoqchi. Varandan oldin "An-Nasr" MYuda o‘ynagan Krishtianu Ronalduni sotib olgandi.
Ma’lumot o‘rnida, Rafael joriy mavsum "qizil iblislar" bilan APLning 6 o‘yinida ishtirok etdi va bitta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Ayni vaqtda "Transfermarkt" portali futbolchini 35 million evroga baholayapti.
Fikrlar