Ana bo‘lmasa! "Olimpik" futbolchilariga jamoani tark etishni ma’n etgan emish
"Sports.uz" jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev xabar berishicha, "Olimpik" Bo‘riev transferidan 100K-200K ishlab olishi mumkin edi. U bilan xorij klubi jiddiy qiziqib qolgan, ammo taklif rad etilgan. Futbolchining "Paxtakor"ga o‘tish jarayoni ham so‘nggi bosqichida muzlatib qo‘yilgan.
Bugun "Olimpik" futbolchilarini hech biri jamoadan ketmasligi borasida qaror qabul qilingan. Rahbariyat jamoa a’zolariga "Olimpik"ni tark etishni ma’n etgan. Ular kamida yozgacha hech qaerga o‘tmasligi ma’lum qilingan.
Bu cheklov Abdurauf Bo‘riev bilan birgalikda jamoaning boshqa jamoalar bilan kontrakt qilishga ulgurmagam barcha a’zolariga ham qo‘yilgan bo‘lishi mumkin. "Olimpik" a’zolarini rahbariyat yozga qadar nima qilib bo‘lsada tarkibda saqlab qolmoqchi.
2-3 kun o‘tib vaziyat yana o‘zgarashi mumkin. Hozircha esa eng so‘nggi ma’lumot shu.
Fikrlar