
Ana holos! "Real" finalga tayinlangan hakamlarni almashtirishni talab qilmoqda
Shanba kuni "Barselona" va "Real" o‘rtasida Ispaniya Kubogi finali bo‘lib o‘tadi. uchrashuv oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida yuz bergan voqealar Madrid klubini hayratga soldi. Anjuman davomida finalni boshqarishi kerak bo‘lgan referi Rikardo de Burgos Bengoetxea hakamlarga bo‘ladigan tanqidlar va bu uning oilasiga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani haqida gapirib, o‘z ko‘z yoshlarini tiya olmadi.
Avvalroq "Real" klubining rasmiy telekanali De Burgosning "Qirollik klubi"ga qarshi o‘yinlardagi so‘nggi xatolarini jamlagan video chiqargan edi.
"Cadena COPE" nashrining xabar berishicha, yuz bergan hodisadan so‘ng "Real" Ispaniya futbol federatsiyasiga murojaat qilib, yaqinlashib kelayotgan final uchrashuvi uchun yangi hakamlar tayinlanishini so‘ragan. Madrid klubining rahbariyati fikricha, hozirgi hakamlarning yaqinda bergan bayonotlari ularning xolisligini shubha ostiga qo‘ymoqda.
Fikrlar