
Ana xolos! Alderveyreld endi Belgiya terma jamoasi tarkibida o‘ynamaydi
Tobi Alderveyreld Belgiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi.
"Barchangizga rahmat", - deb yozdi 34 yoshli futbolchi o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida terma jamoadagi eng yaxshi damlari aks etgan videoni joylashtirgan holda.
34 yoshli futbolchi "qizillar" safida umumiy 127 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan. Futbolchi 2009 yildan buyon terma jamoa sharafini himoya qilib kelmoqda.
Joriy mavsumda tajribali himoyachi "Antverpen" safida 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta samarali uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar