Ana xolos! "Atletiko" Grizmanning "Barselona"da o‘ynashini ta’qiqlatmoqchi

  • 24 iyul, 2019, 17:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya La Ligasi prezidenti Xaver Tebas "Atletiko" Madrid rahbariyati tashkilotdan Antuan Grizmannni "Barselona"ga transferini ro‘yxatdan o‘tkazmaslikni so‘ragan.

Tecno

“Atletiko” bizga xat yubordi. Unda Grizmanning transferini rasmiylashtirish qonuniy ekanligi shubha ostiga olingan”, - deydi Tebas.

Eslatib o‘tamiz, kataloniyaliklar Grizmanni 120 million evro evaziga sotib olishdi. Qayd etish lozimki, frantsiyalik futbolchining “matraschilar” bilan tuzgan amaldagi shartnomasida aynan mana shuncha tovon puli belgilab qo‘yilgan edi. Biroq, “Atletiko” rahbariyati “Barselona”ni Grizmann bilan uning tovon puli 200 million evro bo‘lib turgan paytda kelishib olganlikda ayblamoqda va ulardan yana qo‘shimcha 80 mln evro talab qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!