Ana holos! Bahodir Jalolov raqibidan kamroq gonorar oldi (to‘liq gonorarlar miqdori)

  • 27 noyabr, 2022, 09:31
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksda o‘z faoliyatini olib borayotgan og‘ir vaznli bokschimiz Bahodir Jalolov (12-0, 12 KO) Kyortis Harperni muddatidan oldin mag‘lub etgani haqida xabar bergan edik. 

Marvnation promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan mazkur boks oqshomining bokschilarga beriladigan kafolatlangan gonorarlar miqdori ma’lum qilindi. 

Unga ko‘ra, hamyurtimiz Bahodir Jalolov jang uchun 25 ming dollar olmoqda. Uning raqibi Harper esa 30 ming dollar qo‘lga kiritdi. 

Ushbu kechadagi barcha bokschilarning pul mukofotlari bilan tanishing: 

Rejis Progreys - 1.08 million dollar.

Xose Zepeda - 1.08 million dollar.

Yokas Velle - 100 ming dollar.

Charles Konvel - 70 ming dollar.

Xuan Abreu - 60 ming dollar.

Evelin Bermudes - 30 ming dollar.

Kyortis Harper - 30 ming dollar.

Bahodir Jalolov - 25 ming dollar.

Fernando Vargas - 10 ming dollar.

Alexandro Martines - 4.5 ming dollar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!