Ana xolos! "Barselona" futbolchilari Grizmanning transferiga qarshi chiqishmoqda

  • 29.05.2019 22:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" klubi futbolchilari "Atletiko" forvardi Antuan Grizmanning transferiga qarshilik qilishmoqda. Bu haqda ispaniyaning Sport nashri xabar bermoqda.

Gap shundaki, kataloniyalik futbolchilar Grizmanning o‘tgan yil yozda “Barselona”ga o‘tishni xohlamasligi haqida gapirgan gaplarini hali ham unutishmagan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq 28 yoshli frantsiyalik futbolchi yozda “matraschilar” safidan ketishini e’lon qilgan edi. Unga esa “Barselona”dan tashqari shuningdek PSJ va “Manchester Yunayted” klublari ham kurash olib borishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!