
Ana xolos! "Barselona" Grizmanni sotib olish fikridan qaytdi
Kataloniyaning "Barselona" klubi hozircha "Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmanni sotib olishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” prezidenti Jozep Bartomeu 28 yoshli frantsiyalik futbolchining transferini judayam xavfli deb hisoblagani bois bu boradagi ishlarni vaqtincha to‘xtatib turishga qaror qilgan.
Uning fikricha Grizmanning kelishi jamoadagi muhitni buzishi mumkin. Boisi, aksariyat futbolchilar uning sotib olinishiga qarshi chiqmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq 28 yoshli frantsiyalik futbolchi yozda “matraschilar” safidan ketishini e’lon qilgan edi. Unga esa “Barselona”dan tashqari shuningdek PSJ va “Manchester Yunayted” klublari ham kurash olib borishmoqda.
Fikrlar