Ana xolos! "Barselona" Grizmanni transferga qo‘ydi

  • 12.04.2020 19:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" klubi forvardi Antuan Grizmann yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida jamoani tark etishi mumkin.

Calciomercato nashrining yozishicha, kataloniyaliklar 29 yoshli frantsuzni transferga qo‘yishgan va unga xaridor bo‘ladigan jamoalardan takliflar kutishmoqda. Aytish kerakki, “ko‘k-anor ranglilar” uning transferini 120 mln evroga baholashmoqda.

Agar “Barsa” uni sota olmasa, u holda biror bir transfer evaziga boshqa jamoaga almashtirishi ham mumkin.

Grizmann joriy mavsum “Barselona” safida jami 37 ta o‘yinda maydonga tushdi va 14 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!