Ana xolos! "Barselona" Rodrigo bo‘yicha muzokaralarni boshlashga tayyor

  • 19 iyul, 23:31
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi vingeri Rodrigo raqib jamoa safida to‘p surishi mumkin. Braziliya nashri "UOL" tarqatgan xabarga ko‘ra, 24 yoshli futbolchi bilan "Barselona" jiddiy qiziqib qolgan.

Tecno

Kataloniyaliklar Rodrigoning vaziyatini diqqat bilan kuzatmoqda va allaqachon uning vakillari bilan bog‘lanib, agar u jamoani tark etishga qaror qilsa, muzokaralar olib borishga tayyor ekanligini etkazishgan.

Rodrygo of Real Madrid, Frenkie de Jong of FC Barcelona during the Spanish Copa del Rey match between Real Madrid v FC Barcelona at the Estadio de la...

So‘nggi paytlarda Rodrigo "Real"ning asosiy tarkibida doimiy o‘rin topa olmayapti. U Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida faqat "Al-Hilol"ga qarshi uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushgan va ikki bor zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan.

Ayni vaqtda uning kelajagi noaniq, ammo raqib klubdan qiziqish bo‘layotgani vaziyatga yangi rang berish ehtimolini oshirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!