Ana xolos: “Bavariya” va MYu g‘alati ishga qo‘l uryapti

Joriy mavsumni ko‘ngildagidek o‘tkaza olmagan ikki klub – “Bavariya” va “Manchester Yunayted” bosh murabbiylarni almashtirish mumkin.

Myunxen klubini boshqarayotgan Tomas Tuxel chempionlik unvonini saqlab qola olmadi. “Bayer” myunxenliklarning o‘n yil davom etgan chempionlik seriyasiga barham berdi.

Erik ten Xag esa, chempionlik uchun kurashishi kutilgan “Manchester Yunayted”ni kuchli to‘rtlikka ham olib kirolmadi.

Taniqli jurnalist Kristian Falkning yozishicha, “Bavariya” rahbariyati yozda Erik ten Xagni ishga taklif qilishni rejalashtirmoqda.

Manchesterliklar ham niderlandiyalik mutaxassis o‘rniga boshqa murabbiy qidiryapti. “Yunayted” mutasaddilari ro‘yxatida Tomas Tuxel ham asosiy nomzodlardan biri sifatida qayd etilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!