Ana xolos! Belgiya terma jamoasi ustoziga Kurtua kerak emas

  • 1 may, 2024, 14:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Belgiyalik darvozabon Tibo Kurtua meniskusdagi og‘ir jarohat tufayli uzoq davom etgan reabilitatsiyadan so‘ng maydonga qaytishga yaqin bo‘lishiga qaramay, Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Domeniko Tedesko uni kelgusi yozning asosiy futbol turniri - Evropa chempionatiga olib bormoqchi emas.

Italiyalik mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, unga faqat yuz foiz tayyor va sog‘lom futbolchilar kerak.

“Biz faqat optimal formadagi futbolchilar bilan ishlaymiz. Men bu mavzuda boshqa hech narsa aytmayman", - dedi Tedesko BBC Sport nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, 31 yoshli Tibo Kurtua Madridning “Real” klubida to‘p suradi. U 2011 yildan buyon Belgiya terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. Tibo o‘tgan davr mobaynida terma jamoa safida jami 102 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 79 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!