Ana xolos! Buffon 41 yoshida "Barselona"ga o‘tishi mumkin

  • 7 iyun, 2019, 13:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi italiyalik afsonaviy darvozabon Janluiji Buffon bilan shartnoma imzolash variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda italiyalik jurnalist Janluki Di Martsio o‘z saytida e’lon qildi.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 41 yoshli posbon jamoadan ketishi kutilayotgan Yasper Sillessenning o‘rnini egallashi va asosiy darvozabon Mark-Andre ter Shtegenga o‘rindosh bo‘lishi mumkin.

Ma’lumotlarga qaraganda Buffongaa shuningdek Italiya, Germani, Turkiya va Xitoy klublaridan takliflar bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tamiz, PSJ Buffon bilan amaldagi shartnomani uzaytirmagach, u jamoani erkin agent sifatida tark etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!