
Ana xolos: “Chelsi” yulduzini jamoadan chetlatdi, uni umuman klubdan yo‘qotishmoqchi
“Chelsi” tarbiyalanuvchisi Konor Gallaxer noqulay ahvolga tushib qoldi. Klub rahbariyati 24 yoshli hujumkor futbolchiga mashg‘ulotlarga kelishini ta’qiqladi.
Jurnalist Tom Barklayning ma’lumot berishicha, Konor Gallaxer klub rahbariyatiga uzoq muddatli yangi shartnoma tuzishga ochiqligini bildirgan. Bunga javoban unga agar 5 avgustga belgilangan mashg‘ulotlarga kelsa, jamoaga qo‘shila olmasligini uqtirishgan.
“Chelsi” moliyaviy feyr-pleyni ta’minlash uchun ayrim o‘yinchilarini sotib yuborishga majbur. Ayniqsa, klub tarbiyalanuvchilari transfer qilinsa, bu klub g‘aznasiga sof daromad bo‘ladi va vaziyat sezilarda darajada yaxshilashadi.
Klub xo‘jayinlari sotib yuboriladigan o‘yinchilar ro‘yxatiga Gallaxerni ham qo‘shgan. Ayni paytda “Atletiko” hujumkor o‘yinchi bo‘yicha muzokaralarni ijobiy yakunlash arafasida turibdi. Madridliklar 24 yoshli futbolchi uchun “aristokratlar”ga 30 million evro tayyorlab qo‘yganini bildirgan.
Agar Gallaxerning londonliklar bilan shartnomasi yakunlanishiga bir yil qolganini inobatga olsak, 30 million evro juda yaxshi summa.
Fikrlar