Ana xolos! Chempionati yakunlangan mamlakat klublari evrokuboklarga qo‘yilmaydi

  • 3 aprel, 2020, 21:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Koronavirus pandemiyasi sabab muddatidan avval yakunlangan chempionat klublari kelasi mavsum evrokuboklardan chetlatilishi mumkin. UEFA ushbu mazmundagi maxsus xatni barcha futbol federatsiya va assotsiatsiyalarga yuborgan.

Ta’kidlash kerakki, kecha Belgiyada mavsum yakunlangani haqida e’lon qilindi. "Bryugge" klubi chempion deb topildi, 2-o‘rinni esa "Gent" egalladi. Aynan ushbu jamoalar kelgusi mavsum EChLda mamlakat sharafini himoya qiladi.

"Sharlerua" va "Antverpen" Evropa ligasi guruh bosqichidan, "Standart" klubi esa saralash bosqichidan ishtirokini boshlaydi.

Agar UEFA ushbu chempionatga sanktsiya qo‘llasa, ularning hech biri xalqaro musobaqalarda ishtirok etolmasligi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!