Ana xolos! De Bryuyne "Manchester Siti"dan ketishga tayyor

  • 03.05.2020 11:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" klubi yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne jamoadan ketishi mumkin.

Eslatib o‘tish lozimki, UEFA “shaharliklar”ni 2 yilga evrokuboklarda ishtirok etish huquqidan mahrum etgan edi. “Siti” esa ushbu qaror yuzasidan Xalqaro sport arbitraj sudiga apellyatsiya berdi.

“Men kutyapman. Rahbariyat bizga apellyatsiyada yutib chiqishlarini aytdi. Men ish yakunlanishini kutaman. Men o‘z jamoamga ishonaman. Ular bayonot berishlari bilan men hammasini o‘ylab ko‘raman. Evrokuboklarsiz ikkita mavsum - bu juda uzoq muddat. Agar bu bir mavsum bo‘lganida, men o‘ylab ko‘rgan bo‘lardim.

Mening qarorim Gvardiolaning rejalariga ta’sir qiladimi? Yo‘q. Pep nima bo‘lgan taqdirda ham jamoada qolishini e’lon qilgan”, - deydi belgiyalik futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!