Ana xolos: Karim Benzema jamoadan chetlatildi

  • 14 yanvar, 2024, 11:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Al-Ittihod” bosh murabbiyi Marselo Gallardo jamoaning eng mashhur futbolchisi Karim Benzemani jamoa mashg‘ulotlaridan chetlatdi. Bu haqda nufuzli manba – Ispaniyaning Marca nashri xabar berdi.

Tecno

Bunga frantsiyalik futbolchi jamoa bilan mashg‘ulotlar bazasiga kelishi kerak bo‘lgani, lekin amalda bunday qilmagani sabab bo‘ldi. Bu voqeadan keyin Gallardo Benzemani jamoadan chetlatib, mavsumga tayyorgarlik ko‘rish uchun Dubayda tashkil etilgan yig‘inga jalb qilmaydigan bo‘ldi.

Karim Benzema o‘tgan yoz “Real” bilan xayrlashganidan keyin Saudiya Arabistoniga yo‘l olgan edi. “Al-Ittihod” safiga qo‘shilganidan keyin 35 yoshli forvard barcha turnirlarda 20 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini 12 marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga beshta golli pas uzatdi.

Keyingi paytda Benzema klub rahbariyati bilan chiqisha olmayotgani va Evropaga qaytish istagida ekani haqidagi xabarlar ko‘payib boryapti. Karimning shayxlar bilan hamkorligi 2026 yilning yarmigacha davom etishi rasmiylashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!