Ana xolos! La Ligada Covid-19 bilan bog‘liq yana bir holat qayd etildi

  • 10.05.2020 10:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniyaning “Granada” klubi yarim himoyachisi Yangel Errerada koronavirus aniqlandi. Bu haqda mahalliy El Ideal de Granada nashri xabar bermoqda.

Hozircha Errerada kasallik alomatlari sezilmayapti. U jamoaning qolgan a’zolaridan darhol ajratilgan va doimiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Ta’kidlash kerakki, bu La Liga futbolchilari orasida Covid-19 qayd etilgan uchinchi holat bo‘ldi. Bundan avvalroq «Atletiko» himoyachisi Renan Lodi va «Real Sosedad» darvozaboni Aleks Remirolarning ham koronavirusga qarshi topshirgan test natijalari musbat chiqqan edi.

Joriy haftadan e’tiboran La Liga klublariga mashg‘ulotlar o‘tkazishga ruxsat berildi. Chempionat o‘yinlari esa iyun oyida tiklanishi rejalashtirilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!