Ana xolos! "Napoli" Osimxenni mavsum qaydnomasidan chiqarib yubordi

  • 31 avgust, 2024, 16:06
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir necha kundan buyon nigeriyalik futbolchi Viktor Osimxen atrofidagi voqealar ko‘pchilikning diqqat-markazida bo‘lib turibdi. Transferlar oynasining so‘ngi kuniga qadar ham bir qator top klublarning nishonida bo‘lib kelgan futbolchi qandaydir sabablar bilan yana Neapol superklubida qoladigan bo‘ldi.

Biroq, bu vaziyat aslida hech kimga ma’qul kelayotgani yo‘q. Klub uni shu yozda kattaroq summa evaziga sotib yubormoqchi edi. Ammo Osimxenga bildirilgan takliflarning ko‘pi faqat og‘zaki ko‘rinishda qolib ketdi. Faqatgina "Chelsi" uni o‘z tarkibida ko‘rish uchun jiddiy bel bog‘lagandi. Biroq, voqealar rivoji tamomila o‘zgarib ketdi. Yakunda esa, nigeriyalik forvard "Napoli"da qoldi.

Bundan bir necha soatlar ilgari kutilmagan voqea ro‘y berdi. Aniqrog‘i, Viktor Osimxen "Napoli"ning A seriyaning yangi mavsumi uchun qaydnomasiga kiritilmadi. Bundan tashqari, u o‘tgan mavsumlarda xarakat qilgan 9 raqam neapolliklarning yangi futbolchisi Romelu Lukakuga berib yuborildi.

Endilikda futbolchining oldida faqatgina Saudiya Arabistoni chempionati o‘tish varianti qolmoqda. Hozirda bu erda transferlar oynasi ochiq. Biroq, muddat o‘z qolmoqda. Ya’ni dedlayn esa, dushanba kuniga belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!