Ana xolos! Neymar "Real"ni qiziqtirmaydi

  • 21 iyun, 2019, 16:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Neymar “Real”ning qiziqishlar doirasiga kirmaydi. Bu haqda Cadena COPE nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qirollik klubi” braziliyalik futbolchi uchun kurashda ishtirok etmaydi. Gap shundaki, “Real” Neymarni 300 million evro bo‘lsa ham, xatto 100 million evro bo‘lsa ham sotib olmaydi. Ularning maqsadi Mbappe hisoblanadi. Biroq, ular Kilianni ham joriy yoz xarid qilishmaydi. Bunga kelgusi yilda urunib ko‘rishmoqchi.

Yuqoridagi xabardan kelib chiqadigan bo‘lsak, Neymar uchun “Barselona” yagona da’vogarga aylandi. Bundan avvalroq kataloniyaliklar ushbu transfer uchun PSJga 100 mln evro va Koutinoni taklif qilishgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!