
Ana xolos! Parij Olimpiadasida marafon bahslari yarim tunda o‘tkaziladi
Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarining tashkiliy qo‘mitasidan yana bir kutilmagan qaror. Qo‘mita musobaqa dasturidan o‘rin olgan marafon va 10 kmga yugurish bahslarining vaqtini kechqurunga belgiladi. Unga ko‘ra, marafonchilar mahalliy vaqt bilan 21:00, 10 km masofada bellashadigan atletlar esa 23:30 da Parijning markaziy ko‘chalari bo‘ylab startga chiqishadi.
Odatda uzoq masofalarga yugurish bahslari erta tongda start oladi. Tashkiliy qo‘mita bu orqali atletlarni kuzatilishi mumkin bo‘lgan jaziramadan saqlashni maqsad qilgan. Reglamentga ko‘ra, har ikki dastur 2024 yilning 10 avgust kunida o‘tkaziladi.
Manba: MOQ
Fikrlar