Ana xolos! "Real" ikki yulduz uchun 300 million evro sarflab, transfer bozorini portlatmoqchi

  • 11.05.2023 15:35
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" Madrid rahbarlari yozda ikki super transfer amalga oshirmoqchi. Bu haqda "The Telegraph" nashri xabar berdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, "qirollik klubi" kelasi mavsumda jamoani jiddiy kuchaytirmoqchi. "Qaymoqranglilar" PSJ hujumchisi Kilian Mbappe va Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingemni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Madridliklar bu ikki futbolchi atrofida  jamoa qurmoqchi.

Kilianning transfer narxi 180 million evro. Uning parijliklar bilan shartnomasi 2025 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Bellingem 120 million evroga baholangan. Uning "Borussiya" bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!