Ana xolos! Ronaldu 12ta o‘yinga chetlatilishi mumkin

CHERY AUTO

Kecha bo‘lib o‘tgan Ispaniya superkubogi bahsida maydondan chetlatilgan “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu hakamni turtgani uchun uzoq muddatga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.

Tecno

Uchrashuv hakami Rikardo Bengoechea maydondan chiqib ketayotib uni turtib yuborgan 32 yoshli portugaliyalik futbolchini o‘yin bayonnomasiga kiritib qo‘ygan. Endi Ronaldu bu ishi uchun 12ta o‘yinga chetlatilishi mumkin.
”Chetlatishdan so‘ng u norozilik belgisi sifatida meni turtib ketdi”, - deydi hakam.

Ta’kidlash lozimki, mamlakat futbol federatsiyasi qoidalariga ko‘ra hakamni turtib yuborgani uchun futbolchi 4tadan 12ta o‘yingacha diskvalifikatsiya qilinadi.

Qayd etish kerakki, agar Ronaldu 5tadan kam bo‘lmagan o‘yinga chetlatilsa, bu jazo bevosita La Liga uchrashuvlarini ham o‘z ichiga oladi. Agar u 4ta o‘yinga chetlatilsa, bu jazo faqatgina superkubok bahslari uchun amald qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!