Ana xolos: Ronaldu ortga chekinadi
Ayni paytda "Bavariya" sharafini himoya qilayotgan "Real"ning sobiq futbolchisi Xabi Alonso madridliklar etakchisi Krishtianu Ronaldu markaziy hujumchi pozitsiyasida o‘ynashdan zerikkanini ma’lum qildi.
- Ronaldu markaziy hujumchi vazifasini bajarmoqchi emas, - dedi Xabi Alonso. - Krishtianu biroz ortga chekinib, raqib maydonchasiga yaqin joyda to‘p surmoqchi. Biroq, u hujumchi sifatida ham o‘ynay olishini isbotlay oldi.
Krishtina Ronaldu Ispaniya chempionatida o‘nta uchrashuvda o‘nta gol urib to‘purarlar bahsida etakchilik qilmoqda.

Fikrlar