Ana xolos: Yamalning otasi “realchilar”ga iltimos bilan murojaat qildi

  • 2 may, 10:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning 17 yoshli yulduzi Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui ashaddiy raqib – “Real” fanatlariga iltimos bilan murojaat qildi.

Munir Nasraui madridliklar futbol ishqibozlaridan o‘g‘liga hurmat bilan munosabat qilishni so‘rayapti.

- Lamin faqatgina “Barselona” o‘yinchisi emas, u o‘z mamlakati terma jamoasida ham o‘ynaydi. Shu yoshida “Barselona”ning 100 ta uchrashuvida ishtirok etgan futbolchi maqtovga loyiq. U haqida yomon gaplar chiqarishi munga yoqmaydi.

Laminni so‘kmang. “Barselona” muxlislari “Real”ning yosh iste’dodlarini haqorat qilmaydi-ku, - ded Munir Nasraui.

Klub tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Yamal 2023 yilning boshidan beri “Barselona” asosiy tarkibi a’zosi hisoblanadi. Iqtidorli futbolchi joriy mavsumda 49 ta uchrashuvda ishtirok etib, 15 ta gol va 24 ta assist muallifi bo‘ldi.

Lamin Yamal Ispaniya terma jamoasi safida xalqaro miqyosda 19 ta bahsda raqiblar darvozasini to‘rt bor ishg‘ol qilgan. Uning samarali o‘yini o‘tgan yoz Ispaniya terma jamoasiga Evropa chempionligini keltirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!