Ancha bo‘libdi! "Navbahor" oxirgi marta qachon gol urganini eslaysizmi?

  • 23.06.2024 19:25
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Superliganing 12-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Qizilqum" bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi. 

Chempionlik uchun kurashayotgan "lochinlar" ketma-ket uchta o‘yindan beri gol ura olmayapti. Babayan shogirdlari "Qizilqum", "Paxtakor" va "Olimpik" darvozasini ishg‘ol eta olmadi va o‘z darvozasidan gol ham olib chiqmadi.

Namangan klubi oxirgi marta 24 may kuni Superliganing 9-turi doirasida "Metallurg"ga gol urgan edi va ushbu golni Toma Tabatadze kiritgan. Jamoa umumiy 345 daqiqadan beri gol ura olmayapti.

Eslatib o‘tamiz, namanganliklar navbatdagi bellashuvni "Andijon"ga qarshi o‘tkazadi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Зариф Исаев
23/06/2024 19:50
Илохим навбахор ютказсин бабаян борлиги учун бабаян булмаса ютаверсин сугдиёна мухлиси