Anchelotti: "Biz Vinisiusning qiziliga apellyatsiya beramiz"

  • 4 yanvar, 04:11
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Valensiya"ga qarshi bahsdan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi. Mutaxassis og‘ir o‘tgan o‘yin, Bellingem va Vinisiusning qizil kartochkasi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Biz Vinisiusning qizil kartochkasiga albatta apellyatsiya beramiz. Darvozabon uni g‘azablantirdi va turtib yubordi. Shundan so‘ng Junior unga javob qaytarishga majbur bo‘ldi. Nazarimda, ushbu vaziyatda bosh hakam ikkala futbolchi uchun sariq kartochka berishi kerak edi, ammo qizil yo‘q edi. 

Birinchi bo‘limimizdan to‘liq noroziman va qanday qilib bunchalik yomon o‘ynaganimizni tushunmayapman. Ikkinchi bo‘limda esa o‘zimizga kelib oldik va muhim gollarni urib, g‘alabani qo‘lga kiritdik.

Bellingem penaltini urolmagandan so‘ng qo‘shimcha motivatsiyaga ega bo‘ldi. Ushbu vaziyatdan so‘ng Jud o‘zini tezda tiklab olib, g‘alaba golini kiritdi" - dedi italiyalik bosh murabbiy. 
 
Eslatib o‘tamiz, "qaymoqranglilar" "Mestalya"dagi muhim g‘alabadan so‘ng turnir jadvalida "Atletiko Madrid"ni ortda qoldirdi. Hozirda "qirollik klubi" 19 ta uchrashuvdan so‘ng 13 ta g‘alaba 4 ta durang va 2 ta mag‘lubiyatga uchrab, 43 ochko jamg‘ardi va peshqadamga aylanib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!