Anchelotti: "Bunday g‘alabalar - mavsumni yaxshi yakunlashga yordam beradi"

  • 15 may, 15:17
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti La Liganing navbatdagi turida "Malorka" ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi g‘alabani sharhladi.

Tecno

– Jamoa juda yaxshi o‘ynadi, qattiq kurashdi, yuqori intensivlikda harakat qildi va bu g‘alaba to‘liq qo‘lga kiritildi.

Biz xursandmiz, chunki mavsumni yaxshi yakunlashni istaymiz. O‘yin yaxshi boshlanmadi, ammo keyin jamoa har jihatdan a’lo darajada harakat qildi.

Bizda 12 nafar jarohat olgan futbolchi bor – bunday holat kamdan-kam uchraydi. Bo‘shliqlarni to‘g‘ri kayfiyat va futbolchilarning shaxsiy munosabati orqali yopishga muvaffaq bo‘ldik. Hech qachon 40 marta darvoza tomon zarba berilganini eslay olmayman, bugun biz shunday natija qayd etdik, – deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi italiyalik mutaxassis. 
 
Ma’lumot o‘rnida. "qirollik klubi" navbatdagi uchrashuvini 22 may kuni "Sevilya"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!