
Anchelotti: "El-Klasiko" biz uchun bir qadam orqaga bo‘ldi
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya Superkubogi finalidagi mag‘lubiyatga so‘ng izoh berdi.
Eslatib o‘tamiz, hal qiluvchi bahsda "Real" "Barselona"ga 2:5 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Bunga qaramay, "qirollik klubi" so‘nggi yarim soatni raqibdan bir kishi ko‘p holda o‘tkazgan edi.
"El-Klasiko" biz uchun bir qadam orqaga bo‘ldi, ammo biz oldinga qarab harakat qilishni davom ettirishimiz kerak. Mavsum davom etmoqda, va biz boshqa barcha turnirlarda yaxshi pozitsiyadamiz. Ha, bu yomon o‘yin bo‘ldi, unda biz ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydik. Biz vaziyatni tahlil qildik va echim topdik", — dedi italiyalik mutaxassis.
"Qirollik klubi" navbatdagi uchrashuvni o‘z uyida Ispaniya kubogi doirasida "Selta"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar