Anchelotti: "Gyulerga ko‘proq imkoniyat berilishi kerak"

  • 26 aprel, 2024, 12:18
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yarim himoyachi Arda Gulerga kam o‘yin amaliyoti berilayotgani haqida gapirdi. Turkiyalik yarim himoyachi jarohatlar tufayli mavsumning birinchi yarmini o‘tkazib yuborgandi.

"Arda o‘zini yaxshi his qilmoqda va hozir o‘ynashga tayyor. Menimcha, Gyulerga ko‘proq imkoniyat berilishi kerak. Tez orada unga o‘ynash uchun vaqt beraman", - dedi Anchelotti matbuot anjumanida.

19 yoshli futbolchi Ispaniya chempionatining joriy mavsumida beshta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi. O‘tgan yozda "qirollik klubi" uning transferi uchun 20 million evro to‘lagandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!