
Anchelotti jarohat olgan Modrich o‘rnini kim egallay olishi mumkinligi haqida gapirdi
"Real" Madrid klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Luka Modrichning jamoadagi o‘rni haqida fikr bildirdi. Futbolchi jarohati sabab chempionlar ligasi doirasidagi "Manchester "Siti"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi kutilmoqda.
"Modrichning o‘rnini to‘ldirish? Bu ilojsiz narsa. U jamoa uchun katta ahamiyatga ega.
Bizda Sebalos bor. Uning o‘yin uslubi Lukanikiga o‘xshab ketadi. Qolaversa, tarkibda Kamavinga va Valverde kabi yigitlar ham borligini unutmasligimiz kerak", - dedi italiyalik mutaxassis.
Fikrlar