Anchelotti kelasi mavsum “Real” etakchisi bo‘ladigan futbolchini chaqirdi

  • 16 iyun, 2021, 00:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ning yangi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti kelasi yili maydon markazida Martin Edegorni o‘ynatishga qaror qildi.

Avvalgi murabbiy Zinedin Zidan ishonch bildirmagan norvegiyalik pleymeyker mavsumning  ikkinchi qismini “Arsenal”da ijara asosida o‘tkazgan edi. “Kanonirlar” rahbariyati yarim himoyachini yozda to‘liq transfer qilib, yangi tarkibni aynan uning atrofida shakllantirishni rejalashtirayotgandi.

Biroq, Karlo Anchelotti qaroriga binoan Edegor “Qirollik klubi”ga qaytariladi va yangi mavsumda unga o‘z iste’dodini ko‘rsatishi uchun etarlicha imkon beriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!