
Anchelotti: "Men "Rayo"dan ko‘ra "Barselona"ni mag‘lub qilishni afzal ko‘raman"
"Real" la Liganing 12-turida "Rayo Valekano"ni o‘z maydonida qabul qilib, 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Shuningdek, Uchrashuvdan so‘ng Karlo Anchelotti o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Biz 22 marta darvozaga zarba berdik. Hujumkor futbol o‘ynadik, lekin ba’zida gol ura olmayapmiz. Kech o‘zgarishlarga qo‘l urganimni sababi maydondagi barcha futbolchilarimiz yaxshi o‘ynayotgandi. G‘alaba qozonishga haqli edik. Eng Asosiysi, jamoa xarakter ko‘rsata oldi. Drama yaratishga hojat yo‘q. Hammasi joyida . Jamoadan tashvishlanyotganim yo‘q. "El-klasikodagi" g‘alabaga loyiq emasdik? Uchrashuv durang bilan tugashi mumkin edi. So‘nggi daqiqalarda gol urib ketdik. Men "Rayo"dan ko‘ra "Barselona"ni engishni afzal ko‘raman", - dedi italiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, ushbu o‘yindan keyin "Real" turnir jadvalida 2-o‘rinda qoldi. Peshqadam "Jirona" bo‘lib turibdi.
Fikrlar