
Anchelotti Modrichning shartnomasi va boshqa futbolchilarining holati haqida gapirdi
Xabaringiz bor, “Real Madrid” Ispaniya kubogining yarim final bosqichida “Real Sosedad” bilan kuch sinashadi. “Qirollik klubi” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ushbu bellashuvdan avval matbuot anjumanida ishtirok etdi. Italiyalik mutaxassis ko‘plab futbolchilarining holati, Modrichning shartnomasi va Tebas haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Arda Gyulerning zaxirada qolishini qanday izohlaysiz?
“Arda hali yosh, unga dunyoning eng yaxshi jamoasiga qo‘shilib ketish uchun vaqt kerak. Bu vaziyatni hamma tushunadi, buni tushunmaganlar ham tushunishi zarur. Bundan boshqa hech qanday muammo yo‘q.
Xaver Tebasning sizlarga bo‘lgan fikriga qanday qaraysiz?
Tebas biz haqimizda juda ko‘p gapiradi. U Madridni norozilar klubi deb atadi va millionlab madridliklarga hurmatsizlik ko‘rsatdi. Albatta, u La Liga prezidenti va ispan futbolida bizdan tashqari, e’tibor berishi kerak bo‘lgan jiddiyroq muammolar bor.
Negreyraning hozirgi vaziyati qanday?
Ko‘ryapmanki, jarayon hali hamon davom etmoqda, barcha odamlar qarorni kutmoqda. Futbol sabrli bo‘lishi lozim. Oxir-oqibat, sud qarori aniq bo‘ladi va sud hukmi o‘qiladi.
Asensioning texnik kamchiliklarini to‘g‘riladim dedingiz, shu haqida nimalar deysiz?
Asensioda texnik kamchiliklar bor, dedimmi? Qachon? Men hech qachon bunday demadim. Raulda texnik kamchiliklar bor desam yanglishgan bo‘laman. Ispaniyalik himoyachi juda yaxshi o‘ynamoqda. Shuni ham ta’kidlashim kerak, Raul hammani ajablantirib bo‘ldi. Shu bilan birga, meni ham.
Biz Asensio bilan uning o‘yinining texnik tomondan ishlamadik, biz taktik tomondan ishladik xolos. Ba’zida tajovuzkor o‘yin uslubimizga juda mos kelavermaydi. Ayniqsa, jarima maydonchasida buni qo‘llash muvaffaqiyatsizlikka olib kelishi mumkin. Siz bu orqali penalti ishlab olishingiz ham mumkin. Biroq, biz buning ustida juda katta ish olib borishga ulgurdik. Shu bois, u so‘nggi kunlarda yanada yaxshilanib, ko‘proq o‘zini ko‘rsatishga muvaffaq bo‘lmoqda.
David Alabaning holati qanday, qachon to‘liq safga qaytadi?
Uning tizzasi hozirgi kunda mukammal holatda desam adashmagan bo‘laman. Alabaning shaxsan o‘zi butunlay yaxshiligini ham ta’kidlash joiz. Shu bois, biz endi uning o‘yin vaqtini hisoblashimiz zarur. Axir, u 14 oyni o‘tkazib yuborgan futbolchi hisoblanadi.
Luka Modrich bilan shartnoma uzaytirildimi?
Bu klub bilan muhokama qiladigan mavzular sirasiga kiradi. Albatta, afsonalar har doim o‘zlari xohlagan narsani qilishlari kerak.
Kilian Mbappe so‘nggi mashg‘ulotda ishtirok etmadi, uning holati qanday?
Mbappening tishi olib tashlandi, shuning uchun u bugun mashg‘ulot o‘tkazmadi. U biz bilan San-Sebastyanga boradi va katta ehtimol o‘yinda ham ishtirok etadi.
Nega Federiko Valverde sport zalda yakka shug‘ullanmoqda?
Urugvaylik xavbekda hammasi yaxshi. Ertaga u biz bilan bo‘ladi, faqatgina maydonga tushish yoki tushmasligini hal qilishim kerak. Unda hech qanday jarohat yo‘q. Men unga dam berishim kerakligini anglab etdim.
Endrikning kelajagiga oydinlik kirita olasizmi?
Braziliyalik yosh iqtidor egasi kelajakda ajoyib hujumchi bo‘ladi. Menda bu bo‘yicha hech qanday shubha yo‘q. U Rodrigo va Vinisius Junior bilan solishtirganda turli ko‘nikmalarga ega, ammo u 9-raqamlilar ichida eng ajoyibi bo‘ldi" – deya ta’rif berib o‘tdi, “qaymoqranglilar” bosh murabbiyi.
Fikrlar