
Anchelotti: "Muxlislarning menga hushtakbozlik qilishlari juda adolatli"
"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Las-Palmas"ga qarshi bahsdan avval matbuot anjumanida ishtirok etdi. Mutaxassis hozirda klubning holati va bir nechta futbolchilar haqida gapirib o‘tdi.
"Klubdagi barcha bilan juda yaxshi munosabatdaman. Men har doim qo‘llab-quvvatlanayotganimni his qilaman va bu oxirgi kungacha shunday bo‘ladi. Biz albatta birgalikda ishlashda davom etamiz.
Agar siz hamma narsani bilaman deb o‘ylasangiz, o‘z darajangizni pasaytira boshlaysiz. Shu sababli, men hali hamon ancha yaxshilanishim kerak. "Barselona" bilan o‘yindagi xatolar bu mening elkamda, barcha ma’suliyatni o‘z bo‘ynimga olaman. Bundan tashqari, muxlislarning menga bo‘lgan hushtakbozlik qilishlari ham juda maqbul va adolatli, deb hisoblayman. Bizning muxlislar hech qachon qilgan ishimizni unutishmaydi. Bu jamoa tirik va oxirigacha kurashadi”, - dedi italiyalik bosh murabbiy.
Eslatib o‘tamiz, "qirollik klubi" ertaga "Las-Palmas"ga qarshi bahs olib boradi. Mazkur to‘qnashuv 20:15 da start olishi rejalashtirilgan.
Fikrlar